Qo'lda yasalgan keramika, faqat optom
Lagan, kosa, piyola, choynak va naborlar. Optom yuklab, O'zbekiston bo'ylab va chet elga jo'natamiz.
Buyurtma 4 qadamda
Mahsulotni tanlang
Katalogdan kerakli mahsulotni oching.
Sonini belgilang
Har bir mahsulotdan 10 dan 1 000 donagacha tanlab, savatga qo'shing.
Savatdan buyurtma bering
Buyurtma kamida 500 kg bo'lsa, ro'yxat Telegram orqali adminga boradi.
Kelishing va oling
Narx, shartnoma va to'lov admin bilan kelishiladi, so'ng yuk jo'natiladi.
Kataloglar
Narxlar dollarda, 1 dona uchun. Har bir mahsulotdan 10 dan 1 000 donagacha, buyurtma kamida 500 kg.
Shartnoma va shartlar
Buyurtma berishdan oldin asosiy qoidalar bilan tanishing.
Minimal va maksimal hajm
Har bir mahsulotdan kamida 10, ko'pi bilan 1 000 dona. Umumiy buyurtma kamida 500 kg bo'lishi kerak. 1 000 donadan ko'p miqdor Telegram orqali alohida kelishiladi.
Faqat optom
Mahsulotlar chakana sotilmaydi. Narxlar 1 dona uchun dollarda ko'rsatilgan.
Narx
Saytdagi narx boshlang'ich. Yakuniy narx hajm, naqsh va yetkazib berishga qarab admin bilan kelishiladi.
To'lov
To'lov tartibi va oldindan to'lov miqdori shartnomada belgilanadi. Saytda to'lov qabul qilinmaydi.
Tayyorlash muddati
Omborda bor mahsulot 3–5 ish kunida yuklanadi; buyurtma asosida tayyorlanadigan mahsulot muddati alohida aytiladi.
Qadoqlash va yetkazish
Har bir buyum qog'ozga o'raladi va qutilarga joylanadi. Yetkazish narxi va transport kelishuv asosida.
Sinish va nuqson
Yuk tushirilayotganda video olinadi. Da'vo 24 soat ichida rasm va video bilan qabul qilinadi.
Hujjatlar
Shartnoma, hisob-faktura va yuk hujjatlari beriladi. Eksport uchun CMR va bojxona hujjatlari kelishiladi.
Shartnoma Telegram orqali admin bilan rasmiylashtiriladi.
Telegram'da yozishTo'lov bo'yicha biz bilan bog'laning
Saytda to'lov yo'q. Narx, to'lov usuli va muddatlari admin bilan Telegram yoki telefon orqali kelishiladi.
Aloqa
Savolingiz bo'lsa yozing, ish vaqtida tez javob beramiz.